Afrika vaqti keldi! — Shakira
Sport
−
11 dekabr 2022 24677 1 daqiqa
Futbolchi Jerar Pikening sobiq rafiqasi kolumbiyalik xonanda Shakira Marokash terma jamoasini Qatardagi Jahon chempionati yarim finaliga chiqqani bilan tabrikladi.
"Afrika vaqti keldi!" (This time for Africa!) — deb yozdi xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Marokash terma jamoasi JCH-2022 chorak finalida Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etdi. Uchrashuv 1:0 hisobida marokashliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsdagi yagona gol 42-daqiqada hujumchi Yussuf En-Nesiri tomonidan kiritildi. Marokash terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatining yarim finaliga chiqdi.
Marokashliklar Jahon chempionatining yarim finalida Fransiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Fransuzlar 2:1 hisobida Angliyadan ustun keldi.
Ma’lumot uchun, Shakira futbol bo‘yicha 2010 va 2014 yilgi mundial madhiyalarining ijrochisi hisoblanadi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr