JCH davomida 7 milliondan ortiq haqoratomuz izoh aniqlandi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning Ijtimoiy tarmoqlarni himoya qilish xizmati (SMPS) 2026 yilgi Jahon chempionati davomida 7 milliondan ortiq zararli va haqoratomuz izohni aniqlab, o‘chirib tashlagan. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

FIFA rasmiy saytida keltirilishicha, mundial boshlanganidan buyon 53 milliondan ortiq post va izoh tahlil qilingan. Shulardan 7 millioni zararli deb topilib, o‘chirilgan. Bu 2022 yilgi Jahon chempionatida o‘chirilgan 470 mingta shunday xabarga nisbatan qariyb 14 baravar ko‘pdir.

Bundan tashqari, FIFA avvalgi Jahon chempionatida haqorat va tahdidlarni o‘z ichiga olgan 200 mingdan ortiq izoh yuzasidan chora ko‘rgan. Ularning 19 ming 600 tasida haqorat yoki tahdid mavjudligi aniqlangan.

SMPS xizmati, shuningdek, sun’iy intellekt yordamida futbolchilar, murabbiylar va rasmiy shaxslarga qarshi yo‘naltirilgan yarim milliondan ortiq xabarni tahlil qildi. Ulardan 15 mingdan ortig‘i qo‘shimcha tekshiruv uchun yuborilgan, mingdan ziyod jiddiy tahdid esa huquqni muhofaza qiluvchi organlar kabi tegishli idoralarga taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, bugun, 19 iyul kuni 2026 yilgi Jahon yakunlanadi. Turnirning hal qiluvchi bahsida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing