JCH-2026: uchinchi kunda muxlislarni to‘rtta muhim bahs kutmoqda
Sport
−
13 iyun 6414 2 daqiqa
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi kuni muxlislarga yana bir qator qiziqarli bahslarni taqdim etadi. O‘zbekistonlik futbol ixlosmandlari uchun uchrashuvlar 13 iyun tungi va 14 iyun ertalabki soatlarga to‘g‘ri keladi.
Kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda Qatar-Shveysariya, Braziliya-Marokash, Gaiti-Shotlandiya hamda Avstraliya-Turkiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.
Ilk uchrashuv Toshkent vaqti bilan bugun soat 00:00 da boshlanadi. “B” guruhida Qatar va Shveysariya o‘zaro bahs olib boradi. OAV va mutaxassislar fikricha, shveysariyaliklar mazkur qarama-qarshilikda yaqqol favorit hisoblanadi. Jamoa saralash bosqichida mustahkam himoyasi bilan ajralib turib, oltita o‘yinda atigi ikki gol o‘tkazib yuborgan.
Kunning markaziy bahsi esa “S” guruhidagi Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 13 iyundan 14 iyunga o‘tar kechasi soat 03:00 da start oladi. Braziliya tarkib jihatdan favqulodda yulduzli bo‘lmasada, nom jihatidan baribir mundialning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Biroq Marokash ham oson raqib emasligi turgan gap. Afrika vakillari 2022 yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib borib, futbol jamoatchiligini hayratda qoldirgan edi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu bahs taktik kurashlarga boy va kam golli o‘tishi taxmin qilmoqda.
Ertaga esa tong sahardan soat 06:00 da Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari maydonga tushadi. Mutaxassislar fikricha, mazkur o‘yin har ikki jamoa uchun guruhdan chiqish imkoniyati nuqtai nazaridan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Chunki ular bilan bir guruhda Braziliya va Marokash ham bor. Shotlandiya 28 yillik tanaffusdan keyin mundialga qaytgan bo‘lsa, Gaiti 1974 yildan beri ilk bor jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
Shimoliy Amerika vaqti bilan qaraganda 13 iyun kunining so‘nggi bahsi “D” guruhida Avstraliya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14 iyun soat 09:00 da boshlanadi. Tahlilchilar har ikki jamoa imkoniyatlarini deyarli teng baholamoqda. Shu bois Vankuverdagi bahs yuqori sur’at va keskin kurashlar ostida o‘tishi kutilmoqda.
Umuman olganda, Jahon chempionatining uchinchi kunida ham muxlislarni intrigaga boy va turli uslubdagi to‘rtta qiziqarli uchrashuv kutib turibdi.

Live
Barchasi“Qo‘qon patiri” patentlandi
15 iyul