JCH-2026 telekanallarga rekord darajada daromad keltirdi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionati Amerika teleradiokompaniyalari uchun rekord darajada reklama daromadi keltirdi. Bu haqda “Guideline” tahliliy hisobotiga tayanib, “Sportico” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Fox Sports” va “Telemundo/Peacock” platformalarining umumiy reklama tushumi 1,19 milliard dollarga yetgan. Bu 2022 yil Qatardagi Jahon chempionatiga nisbatan 170 foizga ko‘p.

Striming xizmatlari orqali tushgan daromad 166,2 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu avvalgi turnirga nisbatan 839 foizga oshgan. Asosiy daromad esa an’anaviy televideniye hissasiga to‘g‘ri kelib, “Fox” va “Telemundo” 1,03 milliard dollar ishlab topgan.

“The New York Times”ning yozishicha, “Fox” 2026 yilgi Jahon chempionati translyatsiya huquqlari uchun 485 million dollar to‘lagan. Telekanal umumiy reklama daromadining qariyb 70 foizini, ya’ni 835 million dollarini qo‘lga kiritgan.

Nashrga ko‘ra, turnirda ilk bor joriy etilgan suv ichish tanaffuslari reklama daromadining sezilarli o‘sishiga xizmat qilgan. “Guideline” hisob-kitoblariga ko‘ra, “Fox” faqat shu tanaffuslar davomidagi reklamalardan taxminan 300 million dollar daromad olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilgi Jahon chempionati Xalqaro futbol federatsiyasiga rekord darajada daromad keltirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing