JCH-2026 maskotlari namoyish etildi (video)
Sport
−
25 Sentabr 2025 6383 2 daqiqa
Bugun, 25 sentyabr kuni 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati maskotlari namoyish etildi. Bu haqda FIFA’ning rasmiy saytida xabar berildi.
Endi rasman Klatch (burgut), Zayyu (yo‘lbars) va Meypl (bug‘u) turnirni hamkorlikda o‘tkazayotgan uch davlatning ramziy jihatdan ifodalaydigan uchlik hisoblanadi. Xususan, Burgut – AQSH, yo‘lbars – Meksika va bug‘u – Kanada. Ushbu uch hayvon mazkur mamlakatlarning tabiiy ramzlari bo‘lish bilan birga ilgari tanlangan maskotlardan farq qiladi.
1994 yilda AQSH Jahon chempionatini o‘tkazganida Strayker ismli kuchuk mamlakat maskoti bo‘lgan edi, Meksika esa 1986 yilda Pike ismli qalampirni maskot qilib tanlagan. Bu ilk marotaba emas, 2002 yilda Janubiy Koreya va Yaponiyada ham uchlik maskot bo‘lgan.
“26 jamoa endi yanada kattalashdi va yanada quvnoq bo‘ldi! Meypl, Zayyu va Klatch quvonch, energiya va birdamlik ruhiga to‘la, xuddi futbol bo‘yicha Jahon chempionati kabi. Uch maskot bu o‘yin tarixida burilish yasaydigan turnir uchun biz yaratadigan hayratlanarli, ko‘ngilochar muhitning markazida turadi. Ular yuraklarni zabt etadi, butun Shimoliy Amerikada va butun dunyoda bayram kayfiyatini uyg‘otadi. Men ularni bolalar futbolkalari ustida, futbol afsonalari bilan qo‘l urishayotgani va bu turnir uchun yana bir yangilik sifatida – millionlab odamlar o‘ynaydigan videoo‘yinlarda tasavvur qila olyapman”, deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.
Klatch – burgut. AQSHning ramziy qushi bo‘lmish Klatch mamlakatni ifodalaydi, u shuningdek CONCACAF maskotidan ham ilhomlangan. Jamoaning yarim himoyachisi bo‘lgan Klatch sarguzashtni sevadi va jamoa a’zolarini duch keladigan sinovlarga tayyorlaydi.

Meypl – bug‘u. Jamoaning darvozaboni va Kanadaning ramziy timsoli. Meypl erkin kezuvchi, shuningdek san’at bilan shug‘ullanadi va mamlakatdagi turli madaniy kelib chiqishga ega odamlar bilan bog‘lanishga intiladi.

Zayyu – yo‘lbars. Meksikaning o‘rmonlaridan kelgan Zayyu hujumchi bo‘lib, o‘yinlarga chiroyli futbol kayfiyatini olib kiradi. Raqsni yaxshi ko‘radi, o‘zining chaqqonligi bilan to‘siqlardan oson o‘tadi, shuningdek, taom va an’analarni qadrlaydi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi marta qatnashadigan Jahon chempionati 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Final esa Nyu-Jersidagi “MetLife Stadium” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025