JCH-2026 g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar e’lon qilindi

Sport

image

Argentina terma jamoasi 2026 yil Amerika, Meksika va Kanadada o‘tkaziladigan Jahon chempionati g‘olibligiga asosiy da’vogar hisoblanmoqda. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Nashr talqiniga ko‘ra, mundial chempionligi uchun favoritlar beshligiga Argentinadan tashqari Ispaniya, Angliya, Germaniya va Kolumbiya kiritilgan.

Oxirgi ikkita Jahon chempionati finalchisi Fransiya bu borada 9-o‘rinda, mundialda eng ko‘p chempionlikni qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasi esa 10-o‘rinda qayd etildi.

JCH-2026 g‘olibligiga nomzodlar reytingi:

1. Argentina;
2. Ispaniya;
3. Angliya;
4. Germaniya;
5. Kolumbiya;
6. Niderlandiya;
7. Portugaliya;
8. Italiya;
9. Fransiya;
10. Braziliya;
11. Urugvay;
12. Belgiya;
13. Xorvatiya;
14. Kanada;
15. Meksika;
16. AQSH.

2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarga AQSH, Meksika va Kanadaning 16 ta shahri mezbonlik qiladi. AQSH, Kanada va Meksika mezbon davlat sifatida Jahon chempionatining final qismiga avtomatik tarzda yo‘l oladi.

JCHning amaldagi g‘olibi 2022 yilgi final o‘yinida Fransiyani mag‘lub etgan Argentina terma jamoasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Argentina Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing