JCH-2026 da kelishilgan o‘yinlar bo‘ldimi?
Sport
−
23 iyul 7288 1 daqiqa
FIFA 2026 yilgi Jahon chempionati davomida kelishilgan o‘yinlar yoki shubhali pul tikish faoliyatiga oid hech qanday dalil aniqlanmaganini ma’lum qildi. Bu haqda SBC News nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, FIFA’ning musobaqalar yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi mundial davomida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarni doimiy nazorat ostida saqlagan. Mutaxassislar pul tikish bozorlarini va musobaqadagi barcha 104 ta o‘yinni real vaqt rejimida kuzatib borgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, uchrashuvlar natijalarini sun’iy ravishda o‘zgartirish yoki kelishilgan o‘yinlarga oid hech qanday holat qayd etilmagan.
Ishchi guruh faoliyatida AQSH, Kanada va Meksika futbol konfederatsiyalari hamda milliy federatsiyalari vakillari bilan bir qatorda AQSH Federal qidiruv byurosi (FBI), Interpol, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC), Yevropa Kengashi, Sportradar, Xalqaro stavkalar yaxlitligi assotsiatsiyasi (IBIA) hamda boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazildi. Finalda Ispaniya qo‘shimcha vaqtda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioniga aylangan edi. Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 10 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Ispaniyalik yarim himoyachi Rodri esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilib, “Oltin to‘p” mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Live
Barchasi