JB urush girdobidagi Ukrainaga qariyb $1,5 mlrd ajratdi
Olam
−
08 iyun 2022
3547Jahon banki direktorlar kengashi Ukrainaga yordam sifatida 1,49 milliard dollar ajratishni ma’qulladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
Mablag‘lar Ukrainada ma’muriy salohiyatni kuchaytirish bo‘yicha davlat xarajatlari loyihasi doirasida davlat va ijtimoiy soha xodimlariga ish haqi to‘lashga yo‘naltiriladi.
Ilgari xuddi shu yordamdan Jahon banki Ukrainaga qariyb 2 milliard dollar ajratgan edi. Mablag‘lar davlat sektori va ijtimoiy soha xodimlarining ish haqini to‘lash uchun berilgan.
Bu mablag‘ Jahon banki Kiyevga yubormoqchi bo‘lgan 4 milliard dollarlik yordam paketining bir qismidir. Ushbu mablag‘lar Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Litva, Latviya va boshqa bir qator mamlakatlar tomonidan taqdim etilgan kredit kafolatlarini o‘z ichiga oladi.
Jahon banki prezidenti Devid Malpassga ko‘ra, bank Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun donor davlatlar bilan ishlamoqda. Shuningdek, tashkilot Ukrainaliklarga sog‘liqni saqlash, ta’lim va ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanishda yordam berish uchun choralar ko‘rmoqda.
“Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kelajakda rekonstruksiya qilishga asos bo‘ladi va Ukrainada turmush sharoitining yomonlashuviga, qashshoqlikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deya ta’kidlagan Jahon bankining Sharqiy Yevropa bo‘yicha direktori Arup Banerjeye.
Mardona G‘afforova