JB xodimini “sotib olmoqchi” bo‘lgan o‘zbek kompaniyasiga sanksiya qo‘yildi

Jamiyat

image

Kecha, 17 iyul kuni Jahon bankining Ishini to‘xtatish va chetlatish bo‘yicha bosh mutaxassisi (Chief Suspension and Debarment Officer – SDO) Fides Solutions MCHJ va Ravshan Rizamatovga uch yillik sanksiya qo‘ydi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Mazkur ish bo‘yicha Integrity vitse-prezidenti tomonidan ilgari surilgan ayblovda Fides Solutions va Ravshan Rizamatov O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha doirasida imzolanadigan shartnomaga ta’sir o‘tkazish uchun JB xodimiga qimmatli qog‘ozlar taklif qilgani aytilgan.

Fides Solutions va Rizamatov Ishini to‘xtatish va chetlatish bo‘yicha bosh mutaxassisga Jahon banki sanksiya joriy qilish bo‘yicha jarayonga belgilangan muddat davomida hech qanday javob qaytarmagan.

Shu munosabat bilan SDO tavsiya qilgan sanksiyalar qat’iy va joriy yilning 17 iyul sanasidan kuchga kirgan deb, hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Fides Solution “1S” firmasi dasturiy mahsulotlarini yetkazib berish, buxgalteriya va hisob yuritish sohasida konsalting xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy qilishga ixtisoslashgan kompaniya.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Jahon banki

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing