Dunyo pandemiya ortidan kelgan inqirozdan qachon qutuladi?

Olam

image

Butun dunyo iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqirozdan qutulishi uchun besh yil kerak bo‘lishi mumkin. Jahon banki bosh iqtisodchisi Karmen Reynxart shunday fikrda

"Ehtimol, karantin bilan bog‘liq barcha cheklov choralari bekor qilinsa, iqtisodiyot tezroq tiklanishi mumkin, ammo, to‘liq tiklanish besh yilgacha cho‘ziladi", dedi iqtisodchi.

Shuningdek, Reynxart inqirozdan so‘ng dunyoda qashshoqlik darajasi 20 yil ichida birinchi marta ko‘tarilishini aytdi. Iqtisodchining fikriga ko‘ra, pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz dunyoda tengsizlikni ham kuchaytiradi. 

Ikkinchi jahon urushidan beri ilk marta jahon iqtisodiyoti bunday rekord darajadagi tanazzulga uchradi. Misol uchun, yanvar oyida iqtisodda o‘sish sur’ati 5,2 foiz bo‘lishi kutilgan edi. Biroq, uning o‘rniga, 2,5 foiz o‘sish kuzatilgan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi koronavirus infeksiyasi COVID-19 ni pandemiya deb e’lon qilgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 30 071 368 kishida koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan, undan 944 887tasi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

116

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing