Javobgarlikni o‘z zimmamga olaman – Arteta

Sport

image

Bugun, 28 avgust kuni “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer ligasining 3-turida “Manchester Siti”dan uchralgan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirdi.

“Men har doim o‘zimni tanqid qilganman. O‘z qarorlarimga tanqidiy munosabatda bo‘laman va mag‘lubiyatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olaman. Yonimda kerakli odamlar bo‘lishi kerak, shunda men har bir qarorimni baholay olaman”, deydi Arteta.

Shuningdek, “Arsenal” murabbiyi Manchesterga jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelgan muxlislarga minnatdorlik bildirdi:

“Hammasi uchun muxlislarga rahmat aytaman. Stadionga 3 ming nafar londonlik ishqiboz tashrif buyurdi. Biz ularning bugun qilgan ishlarini qadrlashimiz kerak”.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” 3-turdan so‘ng, musobaqa jadvalining so‘nggi, 20-pog‘onasida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Siti Angliya Prem'er ligasi Mikel' Arteta

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing