Javohir Sindorov jamoasi bilan 1 mln dollarlik turnirda g‘alaba qozondi

Sport

image

Buyuk Britaniyaning London shahrida joriy yilning 3-12 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha “Global Chess League - 2024” musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov turli jamoalarda qatnashdi va yakunda tarkibida Javohir Sindorov bo‘lgan “Triveni Continental Kings” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Finalda ushbu jamoaga tarkibida Nodirbek Abdusattorov bo‘lgan “Alaskan Knights” jamoasi esa mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Bahs 7:13 hisobida yakunlandi. Abdusattorovning jamoasi mag‘lubiyatga uchradi va turnirda ikkinchi o‘rinni egallab, 250 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Javohir Sindorov jamoasi 500 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonning Shusha shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy musobaqa bo‘lib o‘tgandi. Rapid va blits yo‘nalishlarida o‘tkazilgan musobaqa g‘olib va sovrindorlari ikki turnirning umumiy natijalari yig‘indisiga ko‘ra aniqlangan. 10-marotaba tashkil etilgan ushbu turnirda jami 8 nafar grossmeyster qatnashdi.

Nodirbek blits bahslarida 10 ochko to‘pladi. Rossiyalik Yan Nepomnyaiy ikkinchi, hindistonlik Aravind Chitambaram uchinchi o‘rinni band etdi. Rapid bahslarida 8 ochko to‘plagan Nodirbek 4-pog‘onadan joy oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Javohir Sindorov Nodirbek Abdusattorov Global Chess League - 2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing