Jasurbek Jaloliddinov “Navbahor”ga o‘tdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jasurbek Jaloliddinov rasman “Navbahor” futbolchisiga aylandi. Bu haqda Namangan klubi matbuot xizmati xabar berdi.

24 yoshli hujumkor yarim himoyachi va Namangan klub o‘rtasidagi shartnoma shartlari ochiqlanmagan.

Jaloliddinov faoliyati davomida “Bunyodkor”, Moskvaning “Lokomotiv”, “Tambov”, Toshkentning “Lokomotiv”, Qozog‘istonning “Qayrat”, “Olimpik”, “Neftchi”, Ozarbayjonning “Sumg‘ayit” hamda “So‘g‘diyona” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, u O‘zbekistonning U-17, U-20 va U-23 terma jamoalari safida ham to‘p surgan. Hozirda esa mamlakat milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Klub matbuot xizmatiga bergan ilk intervyusida Jaloliddinov “Navbahor” taklifini ikkilanmasdan qabul qilganini ta’kidladi.

“Navbahor”dan taklif bo‘lganida, buni ikkilanmasdan qabul qildim. Jamoa har doim eng yuqori maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu yerda ko‘plab do‘stlarim to‘p tepadi, menga yaxshi tanish bo‘lgan murabbiy bilan ishlash imkoniyati ham bor. Eng muhimi, “Navbahor” muxlislari yurtimizdagi eng faol va sadoqatli muxlislardan. Ishqibozlar to‘la stadionda o‘ynash har bir futbolchiga alohida ruh bag‘ishlaydi. Namanganga shunchaki futbol o‘ynash uchun kelmadim. “Navbahor” bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritib, muxlislar qalbidan joy olishni istayman”, deydi Jaloliddinov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abdulla Abdullayev ham “Navbahor” safiga kelib qo‘shilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing