Jasurbek Jaloliddinov faoliyatini Farg‘onada davom ettiradi
Sport
−
30 dekabr 2023 6865 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Jasurbek Jaloliddinov Farg‘onaning “Neftchi” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Jaloliddinov “Neftchi” bilan 2 yillik shartnoma imzolagan.
“Ahil jamoamiz va ko‘p sonli muxlislarimiz nomidan Jasurga farg‘onaliklar safida yanada g‘ayrat va shijoat bilan “Neftchi” sharafini munosib himoya qilishida omad tilaymiz”, deyiladi manba xabarida.
21 yoshli futbolchi shu yili Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.
Jasur Jaloliddinov o‘tgan mavsum O‘zbekiston chempionatida jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol muallifiga aylandi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Live
Barchasi