Jasliqda uchta yuk mashinasi to‘qnashib, yonib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

YTH soat 18:05 da Qo‘ng‘irot tumani Jasliq posyolka fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 1009-1010 kilometrlari oralig‘ida yuz bergan. haydovchi 26 yoshli Sh.S. DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinada harakatlanib ketayotganida, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Ukraina Respublikasi fuqarosi 32 yoshli I.S.,ning boshqaruvida bo‘lgan VOLVO rusumli yuk avtomashinasining chap yon tomoniga borib urilgan. Keyin esa ushbu yuk avtomashinadan keyin harakatlanib kelayotgan Ukraina Respublikasi fuqarosi 29 yoshli Yu.K. boshqaruvida bo‘lgan VOLVO rusumli yuk avtomashinasining oldi tomoniga urilgan.

Natijada, DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.S. hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinasi hamda Yu.K. boshqaruvidagi VOLVO rusumli yuk avtomashinalarida yong‘in kelib chiqib, har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

238

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing