“Jartepa” bojxona posti talabalar uchun ochildi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi “Jartepa” bojxona posti talabalarni o‘tkazish uchun ochildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, pandemiya sababli shu kunga qadar talabalar Tojikiston Respublikasiga faqatgina “Sariosiyo”, “Oybek” va “Plotina” chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishi mumkin edi. Bunda masofaning uzoqligi o‘z navbatida samarqandlik talabalarga qiyinchilik tug‘dirayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, post orqali hozircha faqat Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari hamda talabalar harakatlanishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing