Jarohatdan qutulgan Ramos debyut uchun tayyorlanmoqda

Sport

image

PSJ himoyachisi Serxio Ramos maydonga qaytishga yaqin turibdi. Bugun, 26 oktyabr kuni ispaniyalik futbolchi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etgan. Bu haqda “Le Parisien” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Serxio Ramos parijliklar safida Fransiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Lill”ga qarshi o‘yinda debyut qilishi mumkin. Ushbu bahs, joriy yilning 29 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ispaniyalik futbolchi bu o‘yinda jamoasiga yordam bermoqchi, ammo PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Ramosni kelasi hafta UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi “Leypsig”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Ramos 2021 yilning iyul oyida parijliklar futbolchisiga aylangan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachi yangi klubiga erkin agent sifatida o‘tdi va jarohati tufayli hali maydonga tushmagan.

Ma’lumot uchun, Ramos 16 yil davomida Madridning “Real” klubi sharafini himoya qilgan va YeCHLda 4 marta g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, u 2020 yilda “France Football” nashri tomonidan Maldini, Bekkenbauer, Puyol hamda Roberto Karlos kabi afsonalarni ortda qoldirib, “Futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachi” mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Real Pochettino Ramos Liga 1

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing