Jarimani o‘z vaqtida to‘laganga chegirma belgilandi
Jamiyat
−
18 mart 2020
5384Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezident “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi.
Unga ko‘ra, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.
Soddalashtirilgan tartib quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
• ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
• jarima solish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
• xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi