Jarima maydonchasida IIO xodimlari bilan tortishgan erkak qamaldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Ichki ishlar organi xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, ular bilan tortishgan erkak 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur voqea joriy yilning 14 may kuni taxminan soat 18:00 larda poytaxtning Shayxontohur tumanidagi jarima maydonchalaridan birida sodir bo‘lgan. Jarima maydonchasiga fuqaro I.D.ning hech qanday hujjatlarsiz boshqarib kelingan Toyota rusumli mashinasi ma’muriy bayonnoma asosida olib kelingan. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida I.D. jamoat tartibini buzib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga nisbatan qarshilik ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) tomonidan fuqaro I.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi tomonidan unga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qamoq IIO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing