Jarima ballariga doir qaror loyihasi e’lon qilindi
Jamiyat
−
21 mart
17356Kecha, 20 mart kuni hukumatning yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholashga oid “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi. Loyiha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylangan.
Unga ko‘ra:
- jarima ballari haydovchilar birinchi qoidabuzarlikni sodir etgan kundan boshlab keyingi yilning shu kuniga qadar amalda hisoblanadi;
- jarima ballarini hisoblash davrida jami jarima ballari o‘n ikki ballga yetmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va jarima ballarini hisoblash yangidan boshlanadi;
- haydovchilar tomonidan sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar asosida hisoblanadi;
- jarima ballari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi E-jarimaball moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi. Haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni istalgan paytda E-jarimaball moduli yoki maxsus mobil ilova orqali olishi mumkin;
- haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi holati yuzasidan e’tiroz bildirilib, ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilganda, jarima ballari sudlarning yakuniy qarorlariga asosan hisoblanadi;
- o‘n ikki oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida keyingi jarima ballarini hisoblash davrida sodir etgan birinchi yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Bunda ular jazodan ozod etilmaydi;
- haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular olti oy davomida mazkur qaror asosida tasdiqlanadigan nizomning 3-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan kodeksning moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etmagan taqdirda, ularning umumiy jarima ballaridan ikki jarima balli ayirib tashlanadi. Bunda haydovchilarning jarima ballari umumiy miqdori ikki jarima ballidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.
Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun to‘plagan har bir ballari ularga SMS xabar yuborish orqali ogohlantiriladi.
Jarima ballari asosida transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasi joriy etiladi.
Qaror asosida tasdiqlanishi kutilayotgan nizom quyidagi shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 3411-moddasida ko‘rsatib o‘tilmagan yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir moddalarga;
- O‘zbekistonda vaqtincha bo‘lib turgan yoki tranzit harakatlanib o‘tayotgan chet el transport vositalarining haydovchilariga;
- Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro (davlatlararo, hukumatlararo) tashkilotlar hamda ularning vakolatxonalari, shuningdek, ushbu vakolatxonalar va tashkilotlarning haydovchilariga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, doimiy yashovchi shaxslar, ushbu tashkilotlarning ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari bo‘lgan holatlar bundan mustasno).
Jarima ballari hisoblanishi belgilangan moddalari va jarima bal miqdorlari to‘g‘risidagi jadval:
Qaror muhokamasi joriy yil 4 aprelgacha davom etishi belgilangan. 1 maydan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi