“Jar yoqasida turibmiz”. Yerning harorati 3 million yillik maksimumini yangiladi

Olam

image
0:00
0:00
download

O‘tgan yili Yerning harorati 3 million yil ichida rekord darajaga chiqdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qilgan.  

Unga ko‘ra, 2020 yil turli mintaqalarda iqlimiy ofatlar va ekstremal ob-havo sharoiti bo‘yicha rekord o‘rnatdi. 

Siyosatchining ta’kidlashicha, bu 3 million yil ichidagi eng yuqori darajadir. Bu vaqtda Yer sayyorasining harorati 3 daraja yuqori, dengiz sathi esa taxminan 15 metr balandroq bo‘lgan. 

"Biz hali ham haroratning falokatli oshib borishi tomon harakat qilyapmiz, asr so‘ngigacha harorat 2,4 daraja oshadi", degan Guterrish. 

Shuningdek, u atmosferada karbonat angidrid konsentratsiyasi yangi maksimal darajaga ko‘tarilganini ta’kidlagan. 

Unga ko‘ra, hozirda bu ko‘rsatkich sanoatdan oldingi davrga nisbatan 148 foizga yuqori. 

"Biz tubsiz jar yoqasida turibmiz", degan Guterrish. 

Uning fikriga ko‘ra, agar mamlakatlar birgalikda ishlasa, eng yomon ssenariyning oldini olish mumkin. 

"Bu taraqqiyotning yanada "toza va yashil" yo‘liga o‘tish uchun zarur", degan BMT rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Er harorat

Baholaganlar

2371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing