JAR Isroilni sudga berdi
Olam
−
30 dekabr 2023
7882Janubiy Afrika Respublikasi BMT Xalqaro sudiga Isroilning 7 oktyabrdan beri G‘azo sektoridagi qilmishlari yuzasidan da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda Xalqaro sud yozma bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Janubiy Afrikaning Isroilning G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan bog‘liq Genotsid konvensiyasi doirasidagi majburiyatlarini buzganligi asosida ariza berganligini bildirdi.
Bayonotda aytilishicha, Janubiy Afrika "2023 yil 7 oktyabrdan beri genotsidning oldini ololmagani va qirg‘inga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq-oydin da’vatni ta’qib qilmagani" sababli Isroilga qarshi chora ko‘rishni talab qilmoqda.
“Isroilning harakatlari va harakatsizligi genotsiddir, chunki ular aynan shu maqsadda sodir etilgan. Amalga oshirilgan harakatlar G‘azodagi falastinliklarni yo‘q qilishga qaratilgan”, deyiladi bayonotda.
Janubiy Afrika Genotsid konvensiyasining 9-moddasiga asoslanmoqda.
Ushbu konvensiyaning 9-moddasiga muvofiq, qonunbuzarlik sodir etilgan taqdirda, har qanday ishtirokchi davlat xalqaro sudga buzg‘unchiga qarshi da’vo bilan murojaat qilishi mumkin.
Agar zarurat tug‘ilsa, sud protsess yakuni bo‘lgunga qadar huquqbuzarliklarni to‘xtatish to‘g‘risida vaqtinchalik ko‘rsatma berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Bangladesh, Boliviya, Jibuti, Komor orollari va Janubiy Afrika Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi hujumlarini tergov qilishni talab qilib, Xalqaro jinoiy sud prokuraturasiga murojaat qilgandi.