Japarovning lavozimidan ketish sababi ochiqlandi
Olam
−
11:47
18989Avvalroq, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. U ushbu lavozimni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan tark etdi. Bu haqda bugun, 16 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov farmon imzoladi, unga ko‘ra, Oqilbek Usenbekovich Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Pr yezident administratsiyasi rahbari lavozimidan boshqa ishga o‘tishi sababli ozod etildi”, deyiladi xabarda.
Hozircha Japarov qaysi lavozimga tayinlanishi haqida ma’lumot berilmagan. Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, hukumat rahbari iste’fosi boshqa Vazirlar Mahkamasi a’zolarining vakolatlarining tugashiga olib kelmaydi.
Ma’lumot uchun, Oqilbek Japarov 2021 yildan beri Qirg‘iziston hukumati boshlig‘i bo‘lib ishlagan. Uning davrida mamlakatda yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishi va kambag‘allikning sezilarli darajada kamayishi kuzatilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Odilbek Qosimaliyev vaqtincha Qirg‘iziston hukumatini boshqaruvchi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi