Japarov yangi Konstitutsiyani imzoladi. Qirg‘izistonda nimalar o‘zgaradi? 

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov mamlakatning yangi Konstitutsiyasini imzoladi, unda davlat rahbari vakolatlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda mamlakat rahbarining rasmiy sayti xabar bergan.  

"Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 5 may kuni referendumda qabul qilingan Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasini imzoladi", deyilgan xabarda. 

Bundan tashqari, Qirg‘iziston rahbari tegishli "Qirg‘iziston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi qonunni tasdiqlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprelida Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda 36,75 foiz saylovchilar qatnashgan. 

Qirg‘izistonning yangi asosiy qonuni mamlakat Prezidenti vakolatlarini kuchaytirishni, parlament a’zolari sonini 120 kishidan 90 kishiga qisqartirishni, shuningdek Hukumat ustidan nazoratni Prezident ma’muriyati rahbariga o‘tkazishni nazarda tutadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

179

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing