Japarov tug‘ilgan kunida amaldorlarning unga sovg‘a berishini taqiqladi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov rasmiylarga tug‘ilgan kunida unga sovg‘a berishni taqiqladi. Bu haqda bugun, 6 dekabr kuni mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Edil Baysalov ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida so‘zga chiqqan Baysalov Qirg‘iziston Prezidenti bugun, 6 dekabr kuni o‘zining 55 yoshini nishonlayotganini ta’kidladi.

“Bugun Prezident Sadir Japarovning yubileyi – u 55 yoshga kirdi. Lekin Japarov o‘ziga sovg‘a-salom berishni taqiqlagan, u juda kamtarin odam”, deydi Bosh vazir.

Shuningdek, Baysalov mamlakat Prezidenti “tarixiy miqyosda” o‘zgarishlarni amalga oshirib, mamlakatdagi vaziyatni har tomonlama o‘zgartira olganini qo‘shimcha qilgan. 

"Bugun amalga oshirilayotgan islohotlar boshidanoq og‘riqli. Ko‘pchilik o‘z munosabatini o‘zgartirishi, boshqacha ishlay boshlashi zarur va iqtisodiyotni qayta tiklash kerak", degan Baysalov.

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonning amaldagi Prezidenti Sadir Japarov 1968 yilda Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Tyup tumanidagi Ken-Suu qishlog‘ida tug‘ilgan. U ish faoliyatini “Santosh” kolxozining ishchisi sifatida boshlagan. Keyinchalik Japarov yillar davomida dehqon xo‘jaliklari va neft kompaniyalariga rahbarlik qilgan. 2005 yilda Tup saylov okrugidan 3-chaqiriq Respublika Jogorku Keneshi (parlamenti) deputati, “Kelechek” (“Kelajak”) parlament fraksiyasi rahbari (2005-2007) etib saylangan.

2020 yilning 6 oktyabriga o‘tar kechasi Bishkekda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan – fuqarolar parlament saylovlari natijalaridan norozi edi. Namoyishchilar mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev hamda hibsdagi sobiq deputat Sadir Japarovni ozod qilishni talab qildi. 6 oktyabr kuni sobiq deputat Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatilishi taklif qilindi.

Qirg‘izistonda 2021 yil yanvar oyida saylovlar bo‘lib o‘tdi va unda Japarov g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Sadir Japarov 2021 yil 20 yanvardan buyon Qirg‘iziston Prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing