Japarov Rossiyaga bordi
Olam
−
25 dekabr 2023
6346Kecha, 24 dekabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari samolyoti Pulkovo xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Prezident Sadir Japarovni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Qirg‘iziston rahbari Aleksandr Beglov bilan Rossiya shimoliy poytaxtida uchrashuv o‘tkazgan.
“Do‘stona munosabatlarimizni izchil mustahkamlab, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz”, degan shahar hokimi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning sentyabr oyida Sankt-Peterburgda Qirg‘iziston bosh konsulligi ochilishi, shuningdek, Bishkek va O‘sh shaharlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangani Rossiya-Qirg‘iziston ikki tomonlama munosabatlaridagi muhim qadam bo‘lgan.
O‘z navbatida, Beglov Qirg‘iziston delegatsiyasi har yili Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi ishida ishtirok etishini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Prezident Japarov Rossiyaga Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi majlisida va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun borgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham YeOII va MDH sammitlarida qatnashish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketgandi.
LiveBarchasi