Japarov Rossiyaga boradi

Olam

image
Japarov AQSHdan Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi north_east

Japarov AQSHdan Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi

Joriy yilning 20-21 fevral kunlari Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov rossiyalik mavqedoshi Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga boradi. Bu haqda bugun, 19 fevral kuni Bishkekda Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Murodbek Azimbakiyev ma’lum qildi.

“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 20-21 fevral kunlari amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ladi. Davlat rahbari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari” xalqaro kompleks musobaqasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi”, deydi Azimbakiyev.

Uning ta’kidlashicha, Qozondagi o‘yinlarda turli mamlakatlardan 260 dan ortiq jamoa va 2000 ga yaqin sportchilar va kiber sportchilar ishtirokida “jismoniy sport, kompyuter (e-sport) sporti formatidagi sport musobaqalarida 21 ta noyob innovatsion yo‘nalishlarda bellashadi.

“Tadbirda bir qator xorijiy davlat rahbarlari, taniqli xalqaro va jamoat arboblari, yirik IT-kompaniyalar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda”, deya ishontirdi Azimbakiyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozonda Japarov va Putin va Tatariston rahbari Rustam Minnixonovning ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. 

“Uchrashuvlar chog‘ida tomonlar Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sarmoyaviy sohalarni muhokama qiladi”, deya qo‘shimcha qildi Azimbakiyev.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Kelajak o‘yinlari” xalqaro kompleks musobaqasida O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Qirg'iziston Qozon Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made