Japarov AQSHdan Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi
Olam
−
12 fevral
18582Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov AQSHdan respublikaning ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi. Bu haqda "24kg" nashri xabar berdi.
Avvalroq, AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Qirg‘izistonda qabul qilinishi kutilayotgan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun loyihasidan xavotir bildirgan. Qirg‘iziston davlat rahbari esa Blinkenning maktubiga o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston yetakchisi nodavlat tashkilotlar “xalq orasida yolg‘on, ishonchsiz ma’lumot” tarqatayotganligi sababli AQSH tomonidan moliyalashtirilgan mablag‘lar auditini o‘tkazishni taklif qilgan.
"Biz teng huquqli hamkorlik tarafdorimiz va barcha davlatlar va xalqaro hamkorlar, jumladan, AQSH bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Yagona iltimosim – mamlakatimizning ichki ishlariga aralashmang”, degan Qirg‘iziston Prezidenti AQSH Davlat kotibiga yo‘llagan javob xatida . Sadir Japarov Entoni Blinkenni respublikada inson huquqlari va erkinliklari “Konstitutsiya va qonunlar bilan ishonchli himoya qilinishi”ni ta’minlash maqsadida Bishkekka taklif qilgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonda nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish 2023 yil boshida parlament deputati Nodira Normatova tomonidan ilgari surilgan edi. U qonunchilikka chet eldan mablag‘ oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga “xorijiy vakil” atamasini kiritish, shuningdek, bunday tashkilotlar reyestrini yaratishni taklif qilgan. Unga ko‘ra, reyestrga kirish – tashkilotning mamlakatda faoliyat yuritishiga ruxsat berilganligini bildiradi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi