Japarov Mirziyoyevni YeOII oliy kengashi yig‘ilishiga taklif qildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni “Senterra” kompaniyasi bilan “Qumtor” oltin konining holati bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani va tegishli shartnoma imzolangani bilan tabriklagan. 

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari qirg‘iz-o‘zbek ikki tomonlama hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilgan va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashganlar. 

Prezident Sadir Japarov Botken viloyatida ikkita umumta’lim maktabi qurish, shuningdek, Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik o‘zbek musiqali drama teatrini rekonstruksiya qilish masalasini hal qilgani uchun o‘z O‘zbekiston Prezidenti va davlatiga minnatdorlik bildirgan. 

Sadir Japarov, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga rejalashtirilgan javob tashrifi, shubhasiz, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan. 

U 2022 yil 26-27 may kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan  Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oliy kengashi va Yevroosiyo iqtisodiy forumida O‘zbekiston Prezidentining shaxsan ishtirok etishiga e’tibor qaratgan.

Suhbat yakunida ikki davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan bir-birlarini tabriklaganlar.

Hozircha rasmiy Toshkent ushbu muloqot haqida xabar bergani yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov

Baholaganlar

286

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing