Japarov Erdo‘g‘an bilan ko‘rishdi. Bishkek Tojikiston bilan mojaroda Turkiyadan yordam oladimi?
Olam
−
30 Sentabr 2022
4744Amaliy tashrif bilan Turkiyaning Iznik shahriga borgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.
Ikki davlat rahbarlari qirg‘iz-turk hamkorligining keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilgan. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratganlar.
Prezident Sadir Japarov To‘rtinchi Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yuksak darajada tashkil etilganini ta’kidlab, ular insoniyat sivilizatsiyasi mulki sifatida jahonda etnik-sport va etnik-madaniy harakatni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidlagan.
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakatning barqaror rivojlanishi, tinch va farovonligiga ko‘maklashish maqsadida jahon miqyosida muloqot va hamkorlikka sodiq ekanliklarini tasdiqlaganlar.
Tomonlar qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat va avvalgi kelishuvlarga ko‘ra mudofaa borasidagi o‘zaro hamkorlik haqida gaplashganmi yo yo‘q, bunisi ma’lum emas. Ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari suhbatni to‘liq yoritmagan.
Prezident Sadir Japarov amaliy tashrifini yakunlab, bugun, 30 sentyabr kuni Bishkekka qaytib keldi.
Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov 2021 yilning iyul oyida ilk bor Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirgan edi. O‘shanda ham ushbu tajrif qirg‘iz-tojik chegarasidagi ziiddiyat avjiga chiqqan davrga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda Japarov Qirg‘iziston Turkiya bilan mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirishni istayotganini aytgandi.
Tashrif doirasida Prezidentlar Japarov va Erdo‘g‘anning yakkama-yakka uchrashuvi, Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik Oliy kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashrifdan keyin Qirg‘izistonda "Bayraktar" dronlari paydo bo‘ldi.
LiveBarchasi