Japarov Belgiyada Sharl Mishel bilan uchrashadi
Olam
−
24 iyun
3391Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 24-26 iyun kunlari Belgiyaga boradi va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel bilan uchrashadi. Bu haqda Bishkekda jurnalistlarga Qirg‘iziston davlati rahbari ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimboqiyev ma’lum qildi.
“Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 24-26 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Belgiya Qirolligida bo‘ladi. 25 iyun kuni davlat rahbari Belgiya qiroli Filipp bilan uchrashadi. Shu kuni Sadir Japarovning Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralar chog‘ida “Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi va Belgiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari” muhokama qilinadi.
“Tashrif yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama qo‘shma hujjatlar imzolanishi kutilmoqda”, deb ta’kidladi Azimboqiyev.
LiveBarchasi