Japarov Atamboyev tugatgan vazirlikni qayta tashkil qilyapti
Olam
−
02 fevral 2021 9008 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Qurolli kuchlar bosh shtabi negizida mamlakat Mudofaa vazirligi tashkil etiladi. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatda “Qirg‘iziston Respublikasi Mudofaa vazirligini shakllantirish maqsadga muvofiq" ekani belgilangan.
Respublika hukumatiga Prezident farmonidan kelib chiqadigan choralarni ko‘rish tavsiya etilgan.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi 1993 yilda tashkil etilgan va 2015 yilda tugatilgandi. Mamlakatning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev vazirlikni Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilgandi.
Barcha huquqni muhofaza qilish va kuchishlatar tuzilmalar Bosh shtabga bo‘ysundirilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr