Janubiy Yevropa o‘rmon yong‘inlari ichida qoldi (fotoreportaj)

Olam

image

Deyarli butun Janubiy Yevropada keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari avj oldi, vaziyat ayniqsa Portugaliyada juda og‘ir.

Kecha, 13 iyul holatiga ko‘ra, mamlakatda yigirmadan ortiq yong‘in o‘choqlari saqlanib qolgan. Shu sababli Portugaliya materik qismida 80 foizida o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Markaziy hududlarda esa 8 iyul kunidan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida hozirgacha kamida 32 kishi jarohat oldi. Shu bilan birga bir necha qishloqning 700 ga yaqin aholisi to‘liq evakuatsiya qilindi.

Sinoptiklarning aytishicha, butun Janubiy Yevropa g‘ayritabiiy issiqlik to‘lqinini boshdan kechirmoqda. Sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari deyarli butun O‘rta yer dengizi xavf ostida ekanini ko‘rsatgan.

Shuningdek, Ispaniyada ham bir necha kundan beri tinmayotgan yong‘in g‘arbdagi Salamanka provinsiyasida 4000 gektarga yaqin o‘rmonni nobud qilgan. Bu bir nechta aholi punktlariga xavf solshgan va hudud aholisini evakuatsiya qilish boshlangan.

Bundan tashqari, Fransiyaning yigirmata viloyatida xavfning “sariq” darajasi joriy qilingan. Rasmiylar yong‘in qo‘zg‘atmaslik uchun Bastiliya qal’asi ishg‘ol etilgan kunga bag‘ishlangan milliy bayramda an’anaviy feyerverklardan foydalanishni taqiqlashga qaror qilishgan. Bu yil prognozlarga ko‘ra, so‘nggi 19 yildagi eng issiq yoz bo‘lishi mumkin.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

o'rmon yong'inlari

Baholaganlar

79

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing