Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga oltinchi bor gumanitar yordam yuborildi

Jamiyat

image

Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga gumanitar yordamning navbatdagi – oltinchi partiyasi yuborildi. O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu yordamning umumiy qiymati 28 ming dollar, deya baholangan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

22 ta ko‘p funksional tibbiy ko‘rpa-to‘shak va avtomat mexanizmdan iborat yuk "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ charter yuk reysida yuborildi. Mahsulotlar Janubiy Koreyaning BOMI Engineering & Construction kompaniyasi ko‘magida tashkil etilgan.

Gumanitar yordamning kelishi bugun, 4 iyun kuni kutilmoqda.

Ta’kidlash joizki, elchixona 2020 yil aprel-iyun oylarida umumiy og‘irligi 27,5 tonna, umumiy qiymati 1,2 million AQSH dollaridan ortiq miqdordagi gumanitar yordamni O‘zbekistonga yubordi. Uni, asosan, zamonaviy, yuqori sifatli va ko‘chma tibbiy asbob-uskunalar, materiallar va jihozlar tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing