Janubiy Koreyadan Surxondaryoga narkotik “dostavka” qilindi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida Janubiy Koreyadan kelgan jo‘natma – protein ichidan giyohvand modda topildi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bojxona qo‘mitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan “Elektron tijorat” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti hamda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar idoralari va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli fuqaro o‘z nomiga Koreyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Hujjatlarda sport ozuqasi sifatida ko‘rsatilgan jo‘natmada haqiqatan ham 1200 ta pregabilin  moddasiga ega kuchli ta’sir qiluvchi kapsula aralashtirilgani aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda marmar toshlar orasidan narkotik topilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing