Janubiy Koreyada suv toshqinlari oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Janubiy Koreyada o‘tgan haftadan beri davom etayotgan yomg‘irlar oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “Yonhap” agentligi mamlakat meteorologiya boshqarmasiga tayanib xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, seshanba kunidan hozirgacha bir qancha hududlarda 470 mm dan ortiq yomg‘ir yog‘gan.

Suv toshqinlari tufayli 211 ta yo‘l, jumladan, milliy avtomagistrallar, 20 ta milliy bog‘da piyodalar yo‘laklari yopilgan. Mamlakatning markaziy hududlarini boshqa hududlar bilan bog‘lovchi tezyurar poyezdlar va muntazam poyezdlar harakati to‘xtatilgan.

Ta’kidlanishicha, evakuatsiya markazlarida 6 mingga yaqin odam hozircha uylariga qayta olmayapti.

Sinoptiklar qadar bir qator markaziy va janubiy hududlarda 18 iyulgacha yomg‘ir yog‘ishini taxmin qilmoqda. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, bu hududlarda 300 mm gacha qo‘shimcha yog‘ingarchilik yog‘ishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing