Janubiy Koreyada suv toshqinlari qurbonlari soni 39 kishiga yetdi

Olam

image

Janubiy Koreyada bir necha haftadan buyon davom etayotgan yomg‘irlar va suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 kishiga yetdi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

Iyun oyi oxirida boshlangan yog‘ingarchilik mavsumi o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqani sababli Janubiy Koreyaning markaziy va janubiy viloyatlarini suv bosgan. So‘nggi bir necha kun ichida butun mamlakat bo‘ylab 8,8 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.

Xabar qilinishicha, o‘lim holatlarining 12 tasi Chxonju markaziy shahridagi tunnelda sodir bo‘lgan, u yerda yaqin atrofdagi daryoda to‘g‘on qulaganidan keyin 16 ga yaqin avtomobil, jumladan, avtobus suv ostida qolgan. Yana 9 kishi jarohatlangan.

Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 9 kishi bedarak yo‘qolgan va 34 kishi yaralangan.

Mamlakat Prezidenti Yun Sok Yol tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha ichki yig‘ilish o‘tkazib, hukumatni jabrlanganlarni qutqarish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga chaqirgan. Shuningdek, rekonstruksiya ishlarini qo‘llab-quvvatlashga, jumladan, zarar ko‘rgan hududlarni maxsus ofat zonalari sifatida belgilashga va’da bergan.

9 iyuldan buyon Janubiy Chxunchxon provinsiyasining Konju va Chxonyan shaharlarida 60 santimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘gan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yomg‘ir 50 ga yaqin yo‘l va 100 dan ortiq uyni vayron qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar aniqlanmaganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqinlari Janubiy Koreya\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing