Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

Janubiy Koreyada samolyot yonib ketdi

Olam

image

Kecha, 28 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Kimxe shahridan Gonkong shahriga uchayotgan Air Busan samolyoti parvozdan bir necha daqiqa oldin yonib ketdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu noxush voqea mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da sodir bo‘lgan. Samolyot bortida yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari bilan birga 176 kishi bo‘lgan. Yong‘inning dastlabki daqiqalarida odamlarning hammasi shishiriladigan trap yordamida evakuatsiya qilingan. Yengil jarohatlar olgan yetti kishidan tashqari jiddiy qurbonlar bo‘lmagan.

Yo‘lovchilarning ma’lum qilishicha, yong‘in samolyotning orqa qismida – 20-30 qator oralig‘ida o‘tirgan yo‘lovchining yuki tufayli kelib chiqqan. Buning oqibatida esa samolyotning deyarli yarmi yonib ketgan. Janubiy Koreya Transport vazirligining Aviatsiya va temiryo‘l hodisalarini tekshirish qo‘mitasi yong‘inning aniq sababini aniqlash uchun yo‘lovchilarning bergan ma’lumotlari va holatlarini tahlil qilish kerakligini aytdi. Bundan tashqari, samolyotning qutisi, bort va kabinaning kameralarini ko‘rish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 29 dekabr kuni Janubiy Koreyadagi aeroportda bortida 181 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchragandi. Samolyot mamlakat janubi-g‘arbidagi Muan xalqaro aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va qo‘nish yo‘lagi tashqarisidagi to‘siqqa urilib, yonib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 179 kishi halok bo‘lgan. Omon qolgan ikki kishi – bir yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan biri.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Janubiy Koreya samolyot Gonkong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing