Janubiy Koreyada osmono‘par bino butkul yonib ketdi (video)

Olam

image

Janubiy Koreyaning janubi-sharqidagi Ulsan shahrida 33 qavatli osmono‘par bino yonib ketdi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Yong‘in 8 oktyabr kuni soat 23:00 larda boshlangan. Kuchli shamol sabab alangani o‘chirish uchun 10 soatdan ko‘proq vaqt ketgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolardan binoning barcha qavatlari yonayotganini ko‘rish mumkin.

Yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 88 kishi tutundan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘in sababi o‘rganilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Janubiy Koreya

Baholaganlar

438

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing