Sergelidagi korxonada yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Bugun, 5 aprel kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan korxonada yong‘in chiqdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:30 da Sergeli tumanining Xonabod ko‘chasida joylashgan korxona hududida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:34 da yetib borib, yong‘in soat 12:41 da o‘rab olingan va soat 12:43 da yong‘in o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 20 kvadrat metr ochiq maydonda qurilish chiqindilari yongan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, 27 mart kuni Toshkent shahridagi "zapchast" bozorida yong‘in chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Sergeli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing