Daniyada 400 yillik binoda yong‘in chiqdi

Olam

image

Bugun, 16 aprel kuni Daniya poytaxti Kopengagenda XVII asrga oid eski fond birjasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in binoni ta’mirlash vaqtida chiqqan. Oqibatda binoning diqqatga sazovor joyi – ajdaho toji shaklidagi uchi qulab tushgan.

Daniya Madaniyat vaziri Yakob Engel-Shmidt bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida “400 yillik Daniya madaniy merosi yonmoqda”, deb yozdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot uchun, birja binosi  XVII asrda qurilgan bo‘lib, Daniya savdo palatasi unga 1857 yildan beri egalik qiladi. Ushbu binoda 1974 yilgacha Kopengagen fond birjasi joylashgan. Birja binosidagi toj Daniya, Norvegiya va Shvetsiyaning ramzi hisoblanadi va uning balandligi 56 metrni tashkil qiladi.

1974 yildan buyon bino Daniya Savdo-sanoat palatasining bosh qarorgohiga aylangan.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Daniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing