Janubiy Koreyada mehmonxona yonib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
22 avgust
3058Bugun, 22 avgust kuni Seul g‘arbidagi Puchon shahrida joylashgan mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Yonhap” xabar bermoqda.
Kyonnggi provinsiyasi yong‘in o‘chirish shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in to‘qqiz qavatli mehmonxonaning sakkizinchi qavatida Janubiy Koreya vaqti bilan soat 19:39 da boshlangan.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, o‘t o‘chiruvchilar mehmonlarni qutqarishda davom etmoqda, qurbonlar soni ortishi mumkin. Ulardan to‘rt nafari yurak xurujiga uchragan, boshqalari esa derazadan shishiriladigan matrasga sakrab tushganida jarohat olgan. O‘t o‘chirish idoralari voqea joyiga 46 ta texnika va 150 ga yaqin o‘t o‘chiruvchini jo‘natgan.
Ichki ishlar vaziri Li Sang Min o‘t o‘chirish idoralari va mahalliy hukumatni barcha mavjud xodimlar va texnikalardan foydalangan holda yong‘inni o‘chirish va odamlarni qutqarish uchun harakat qilishga chaqirdi.
LiveBarchasi