Janubiy Koreyada koronavirus bilan bog‘liq antirekord qayd etildi

Olam

image

Janubiy Koreyada so‘nggi bir kun ichida 1 ming 241 ta yangi koronavirus infeksiyasi holati aniqlangan. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Chong Se Gyun ma’lum qilgan. 

Uning ta’kidlashicha, bu mamlakat uchun yangi antirekord hisoblanadi.

Bosh vazir mahalliy mutasaddilarni ijtimoiy masofa saqlash qoidalarining buzilishiga qarshi qattiq choralar ko‘rishga chaqirgan. 

Uning aytishicha, mamlakat aholisining aksariyati barcha talablarni vijdonan bajaradi, biroq shaxsiy manfaat yo‘lida yurgan bir necha buzg‘unchilar hamma narsani buzadi. Bu esa Janubiy Koreya xalqining yuqumli kasallik tarqalishiga qarshi kurashishi uchun imkon bermaydi. 

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi ba’zi restoran va barlar, taqiqqa zid ravishda, soat 21:00 dan keyin ham mijozlarga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda. Ya’ni, eshiklarini qulflab, ko‘chadan ko‘rinadigan chiroqlarni o‘chirib, ichkarida ishini davom ettirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 23 dekabrdan boshlab mamlakatda ko‘cha va restoranlarda to‘rtdan ortiq odam yig‘ilishi taqiqlangan. 

Shuningdek, Yangi yil bayrami kunlarida mamlakatdagi chang‘i kurortlari va boshqa sayyohlik markazlari yopiladi. 

Janubiy Koreyada pandemiya boshlanganidan beri 54 ming 770 kishida koronavirus aniqlangan. 38 ming 48 nafar bemor sog‘aygan. 773 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya koronavirus

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing