Janubiy Koreyada qurilishdagi yong‘inda 38 kishi halok bo‘ldi

Olam

Janubiy Koreya poytaxti Seul yaqinidagi qurilish maydonchasida yuz bergan yong‘in natijasida 38 kishi halok bo‘ldi va 10 kishi jarohatlandi. Bu haqda Janubiy Koreya yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in kecha, 29 aprel kuni Ichxondagi to‘rt qavatli binoda kunduzi yuz bergan. Uni kechqurun o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.

Jabrlanganlarning 8 nafari og‘ir ahvolda.

Yong‘in qurilish ishlari vaqtidagi portlashdan kelib chiqqani taxmin qilinyapti. Voqea guvohlari ko‘plab portlashlarni eshitganini aytgan.

“Alanga favqulodda tez tarqalgan va qurbonlar u yerdan chiqib olishga umuman imkon topolmagan”, degan o‘t o‘chiruvchi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Janubiy Koreya

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing