Janubiy Koreya va AQSH harbiy mashg‘ulotlarni boshlamoqda
Olam
−
12 avgust 2024
1694Janubiy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyaning qurollari va kiber tahdidlariga qarshi turish uchun yozgi yillik harbiy mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda “Reuter” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mashg‘ulotlar joriy yilning 19 avgustidan 29 avgustigacha davom etishi rejalashtirilgan. Mashqlar barcha sohalardagi tahdidlar, jumladan, raketa tahdidlari, shuningdek, kiberhujumlarga qarshi turishga yordam beradi.
“Ittifoq ommaviy qirg‘in qurollarini to‘xtatish va undan himoyalanish pozitsiyasini yanada kuchaytiradi”, deydi Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi matbuot kotibi polkovnik Li Sung Jun.
Uning aytishicha, Janubiy Koreya harbiylari bir vaqtning o‘zida fuqarolik mudofaasi mashg‘ulotlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Xususan, o‘tgan yilgi kabi 19 mingga yaqin janubiy koreyalik harbiylar 48 raunddan iborat qo‘shma dala mashg‘ulotlarida, dala manyovrlari, o‘q otish va amfibiya mashqlarida qatnashadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Koreyadagi kuchlari matbuot kotibi polkovnik Rayan Donaldning aytishicha, yillik mashg‘ulotlar Hind-Tinch okeani mintaqasidagi eng yirik mashqlardan biri bo‘lib, ularga Birlashgan Millatlar Tashkiloti qo‘mondonligiga a’zo davlatlar ham qo‘shiladi.
LiveBarchasi