Janubiy Koreya Shimoliy Koreya bilan aloqalarni tiklashga umid qilmoqda

Olam

image

Janubiy Koreya KXDR (Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi) bilan aloqa liniyalarining erta tiklanishiga va koreyalararo aloqa idorasining ishlashiga umid qilmoqda. Bu haqda Birlashish vazirligi matbuot kotibi Li Chjon Chju ma’lum qilgan.

Birlashish vazirligi matbuot kotibi Li Chjon Chju brifingda vazirlik koreyalararo aloqa idorasi faoliyatini imkon qadar tezroq normallashtirishga harakat qilishini aytgan.

“Hukumat koreyalararo aloqa liniyalarining erta tiklanishiga va Koreya yarimorolidagi vaziyat barqarorlashishi hamda mavjud muammolarni hal qilish va muhokama qilish uchun ikki davlat idoralari o‘rtasida muloqot boshlanishiga umid qilmoqda”, deydi Li Chjon Chju.

O‘z navbatida, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga nisbatan dushmanlik siyosatidan voz kechsa, Pxenyan u bilan munosabatlarni yaxshilash imkoniyatlarini muhokama qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy va Shimoliy Koreya joriy yilning 27 iyul kuni munosabatlarni tiklagani hamda 2020 yil iyunida uzilgan koreyalararo aloqa liniyalari qayta ishga tushganini e’lon qilgandi. Ammo, avgust oyida Janubiy Koreya va AQSH o‘tkazgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar fonida KXDR yana qo‘ng‘iroqlarga javob berishni to‘xtatdi. Chunki KXDR va AQSH o‘rtasidagi aloqalar yaxshi emas. Ikkala davlatning ham yadro quroliga egaligi o‘rtadagi dushmanlik kayfiyatining omillaridan biri hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Janubiy Koreya KXDR Pxen'yan

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing