Janubiy Koreya razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda

Texnologiya

image

Koreya Respublikasi 2023 yil noyabr oyida o‘zining birinchi harbiy razvedka sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 17 fevral kuni Milliy mudofaa xaridlari boshqarmasiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Milliy mudofaa xaridlari boshqarmasi vakillari parlamentda chiqish qilib, 2020 yillarning o‘rtalarida Seul jami beshta shunday qurilmani ishlab chiqarishni rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan. Ularning Yer orbitasida paydo bo‘lishi Janubiy Koreya harbiylarining KXDRdagi hamkasblarini kuzatish qobiliyatini kuchaytirishi kutilmoqda. Mazkur loyiha taxminan 927 million dollarga tushishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya razvedka sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqishning yakuniy bosqichi bilan bog‘liq raketa uchirishni 2022 yilda amalga oshirgan. Shimoliy Koreya rasmiylariga ko‘ra, bu boradagi ishlarni 2023 yil apreliga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq NATO davlatlari ham sun’iy yo‘ldosh razvedka tizimlarini birlashtirib, yagona Aquilla tarmog‘ini yaratishga kelishib olgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

sun'iy yo'ldosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing