Janubiy Koreya kosmosga yana 2 ta josuslik apparatini uchirmoqchi
Olam
−
08 yanvar
2996Janubiy Koreya 2024 yilda AQSHning SpaceX kompaniyasi yordamida ikkita razvedka yo‘ldoshini uchirmoqchi. Bu haqda Koreya Respublikasi Mudofaa vositalarini qo‘lga kiritish dasturi ma’muriyati xabar berdi.
Uchirish Falcon 9 raketalarida aprel va noyabr oylarida Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi AQSH kosmik kuchlari bazasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2023 yil dekabr oyi boshida Koreya Respublikasi Kaliforniyadagi bazadan SpaceX yordamida mahalliy ishlab chiqilgan birinchi razvedka yo‘ldoshini uchirgan. Respublika 2025 yilgacha yana to‘rtta shunday qurilmani ishga tushirishni mo‘ljallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 21 noyabrida Shimoliy Koreya o‘zining birinchi razvedka sun’iy yo‘ldoshini uchirgandi. Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Koreya Mehnat partiyasi plenumida 2024 yilda yana uchta ana shunday qurilmaning ishga tushirilishi ma’lum qilingan.
LiveBarchasi