Janubiy Koreya KXDRni ogohlantirdi 

Olam

image

Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR hukumatini raketa sinovlarini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “The Korea Herald” gazetasi xabar bergan.  

“Biz uchirmalarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz, chunki ular xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi, shuningdek, Koreya yarimorolida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha davom etayotgan diplomatik sa’y-harakatlar sharoitida harbiy keskinlikni pasaytirishga yordam bermaydi”, deyilgan xabarda. 

Janubiy Koreya KXDR tomonidan ballistik raketalarning uchirilishi “BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini ochiqdan-ochiq buzayotganini” ta’kidlagan. 

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya harbiylari raketalarni aniqlash va tutib olish imkoniyatiga ega, shuningdek, javob tizimlarini kuchaytirishda davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:27 da (Toshkent vaqti bilan 03:27) KXDRning ichki qismidan Yapon dengizi yo‘nalishida ballistik raketa uchirildi. Janubiy Koreya harbiylari hozirda raketaning uchish masofasi va balandligini tahlil qilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

547

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing