Janubiy Koreya KXDR tomonidan chegaradagi yo‘llar portlatilishiga o‘q uzib javob berdi

Olam

image

Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan ikkita mamlakatlararo yo‘l uchastkalarining portlatilishiga o‘q uzib javob berdi. Bu haqda Janubiy Koreya Qurolli kuchlari birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasiga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, o‘q otilishi oqibatida harbiylar zarar ko‘rmagan. Ular ikki mamlakatni ajratib turuvchi demilitarizatsiyalangan zona sifatida xizmat qiluvchi harbiy demarkatsiya chizig‘ining janubiy qismida o‘q uzgan. Seul Pxenyanning yo‘llarni portlatish harakatini keskin qoralab, bu davlatlararo kelishuvni buzishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasida avtomobil va temiryo‘llar mavjud bo‘lib, ular ilgari ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ramzi sifatida ko‘rilgan. Biroq so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasida munosabat keskinlashmoqda. Xususan, 2023 yil oxirida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyaning asosiy dushman maqomini Konstitutsiyada mustahkamlashni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga olib boruvchi g‘arbiy va sharqiy chegaradagi ikkita avtomagistral uchastkalarini portlatib yuborgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made